Doston Ubaydullaev - Yuragim bo’m-bo’sh qo`shiq matni
Meni yana boshlar xayolim,
Ortda qolgan sevgimizga, yor.
Qachon va qayerda adashdim?
Aybim aytib ketgin so`nggi bor. (x2)
Seni qachon yo`qotib qo`ydim?
Axir senikiman degansan.
Eh, nega men beparvo bo`ldim?
Oldimdan oqqan suv ekansan.
Yuragim bo`m-bo`sh,
Xayolim parishon,
Hayotim bema`no,
Bu dardga yo`q davo. (x2)
Yo`q davo.
Onam holim so`raydi goho,
Dard vujuding yediku, bolam.
Bilsa edi qalbimning ohin,
Yashamoqda qalbimda alam. (x2)
Qani ortga qaytsa o`sha dam,
Yuragim bo`lmasmidi vayron?
Berilsa yana edi bir bor
Hayotim tog`irlashga imkon.
Yuragim bo`m-bo`sh,
Xayolim parishon,
Hayotim bema`no,
Bu dardga yo`q davo. (x2)
Yo`q davo.
Читать также
Комментарии (0)