Farhod va Shirin - Jonimdayin qo`shiq matni
So`radim yulduz, oylardan,
 So`radim tog`u soylardan,
 Menga ayting, shu joylardan
 Yori jonim o`tmadimi?
Sevgi degan dardim buyuk,
 Sog`inchida bag`rim kuyuk,
 Diydorlari jonga suyuk
 Yori jonim o`tmadimi? {x2}
Jonimdagi jonimdayin,
 Chehrasi xush, lutfi mayin,
 Ko`rging kelar ko`rgan sayin. (x2)
Istab tongu oqshomlardan,
 Kechdim qancha oromlardan,
 So`rab ko`rdim yoronlardan,
 Yori jonim o`tmadimi?
Siz taniysiz uni axir,
 Ko`rgansiz-u, saqlaysiz sir.
 Ko`rishamiz biz baribir,
 Yori jonim o`tmadimi? {x2}
Jonimdagi jonimdayin,
 Chehrasi xush, lutfi mayin,
 Ko`rging kelar ko`rgan sayin. (x4)
Читать также 
				Комментарии (0)
				
