Farhod va Shirin - Ota uyning ostonasi qo`shiq matni

Bo`y yetganda go`zal qalam qoshmi qizlar,
Palahmonlar olib otgan toshmi qizlar,
Qadrdonlar ko`zidagi yoshmi qizlar?
Derlar bari bo`lib taqdir hayronasi,
Hayr endi ota uyning ostonasi,
Hayr endi ona uyning ostonasi.

Osonmidi bir niholdan gul tuzmoqlik,
Atrofida yurib yelib yo`l tuzmoqlik,
Qanday bo`lar ekan endi dil uzmoqlik?
O`tmay qolar hech biror bir qahonasi,
Hayr endi ota uyning ostonasi,
Hayr endi ona uyning ostonasi.

Nahot endi boshidan suv o`girmaslar,
Ko`ngil uchun ko`ngil so`rab o`tirmaslar,
Yuraklarda baxtli bo`lgin degan saslar,
Bolalikning, erkalikning koshonasi,
Hayr endi ota uyning ostonasi,
Hayr endi ona uyning ostonasi.

Qiz bola shu uzib ketar band-bandingdan,
Mehmon-mehmon o`yin qolar farzandingdan,
Rozi bo`lgin ey xonadon dilbandingdan,
Shu ekanda qiz bolaning peshonasi,
Hayr endi ota uyning ostonasi,
Hayr endi ona uyning ostonasi.

Osmonda oy to`lin bo`ldi, to`lin bo`ldi yor-yor,
Qiz bolamiz kelin bo`ldi, kelin bo`ldi yor-yor,
Borgan joyi taxtli bo`lsin, taxtli bo`lsin yor-yora,
Taxtli bo`lsin.
Kelin-kuyov baxtli bo`lsin, baxtli bo`lsin yor-yora,
Baxtli bo`lsin.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]