Farhod va Shirin - Shaq-shaqi qo`shiq matni
Shaq-shaqi dandoning o`zim,
 Chaq-chaqi xandoning o`zim. (x4)
Ko`z tutaman yo`llaringga,
 Dil tutaman qo`llaringga. (x2)
 Gul ko`raman bo`ylaringda,
 Jon beraman ko`ylaringda. (x2)
Ko`z tutganda kelarmisan,
 Dardi-holim bilarmisan? (x2)
 Yorim desang yoningdaman,
 Jonim desang joningdaman. (x2)
Shaq-shaqi dandoning o`zim,
 Chaq-chaqi xandoning o`zim. (x4)
Sazovoring bo`lay man,
 Vafodoring bo`lay man,
 Ishqing bilan jon chekib,
 Giriftoring bo`lay man.
Dardingni olay o`zim,
 To`rvaga solay o`zim,
 To`rva teshilib ketsa,
 Darding qo`shilib ketsa.
Jonim, berilib o`yna,
 Ko`zim to`yib ulgursin,
 Sani yomon deganlar
 Tom ustida yugursin.
Shaq-shaqi dandoning o`zim,
 Chaq-chaqi xandoning o`zim. (x4)
Anorim dona bo`ldi,
 Dona-yagona bo`ldi,
 Yor bo`yini ko`rganda
 Aqlim begona bo`ldi. (x2)
Anorni dona qilding,
 Mani devona qilding,
 Bo`ylaringni ko`rsatib,
 Baxtim nishona qilding. (x2)
Anorim dona bo`ldi,
 Dona-yagona bo`ldi,
 Yor bo`yini ko`rganda
 Aqlim begona bo`ldi. (x2)
Anorni dona qilding,
 Mani devona qilding,
 Bo`ylaringni ko`rsatib,
 Baxtim nishona qilding. (x2)
Chiq-chiqi dandonim o`zing,
 Liq-liqi larzonim o`zing. (x4)

