Farruh Komilov - Mini-mini qo`shiq matni

Oddiy so`zlardan qo`shiq yasab,
Yoqimli nolalar bilan bo`yab,
His-tuyg`uda bastalab,
Aytsam ham tushunmaysan.

Keldim bir necha martalab,
Ko`nglim uchun ham parvo qilmaysan.
Chiroyli, ammo bag`ri toshsan.
Sevgi nima bilmaysan,
Sen hali judayam yoshsan.

Mini-mini, mini-mini, oppog`oyim mani,
Kichi-kichi-kichkintoyim.
Rosa-rosa, rosa-rosa laqillatib mani,
Chopqillab yuradi doim. (x2)

Tushunolmayman nima sabab
Kulasan oynadan nozli qarab?
Yuraman xayolparast,
Uxlamay to ertalab.

Seni deb har kun parvona,
O`taman darvozangning yonidan.
Holim so`ramading bir bora,
Men hali hamon ovora, men haliyam ovora.

Mini-mini, mini-mini, oppog`oyim mani,
Kichi-kichi-kichkintoyim.
Rosa-rosa, rosa-rosa laqillatib mani,
Chopqillab yuradi doim. (x2+x1+x1)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]