Farrux Xamraev - Ilojim yo’q qo`shiq matni
Yolg`onlarga meni ko`mib
Ketganing menga alamdir.
Ko`zlarimga ko`zing yumib
Ketganing menga alamdir.
Bir bora ortingga qara,
So`nggi lahza ko`ray seni.
Xafa bo`lmasdim o`ldirib
Ketganingda, jonim meni.
Ayriliqqa ko`nmay ilojim yo`q,
Sensizlikka ko`nmay ilojim yo`q.
Mayli mendan ketishni xohlasang,
Seni qaytarishga ilojim yo`q. (x2)
Nima deb aytishga ham bilmadim, xayronman,
Yomon o`zgaribsan, sababin bilmayman.
Shunchaki indamay ketishingga qara,
Shu ishing yaxshimikan, oylagin bir bora?
Soddagina eding, aldashni bilmasding,
Ibodat qiling deb tonglar uyg`otarding.
Endichi, endi yo`q. Hammasi o`yinmidi?
Soddalik senga, jonim, shunchaki niqobmidi?
Xanjaring bo`lsa agar, ko`ksimga ur uni!
Ko`ksimdagi armonlar balki quvilib ketar.
Qoyilman, amin bo`ldim qizlarning makriga,
Sen ham a`zo bo`libsan bevafolar safiga.
Oxirga so`zing hatto yolg`on bilan tugadi,
Safarga ketaman deb o`shanda ham aldading.
Nima kerak aldab, kecha, kunduz, ertalab?
Mayli senga oq yo`l, yurgin o`zingni asrab.
Meni unutib, yuragingga qarshi ketdingmi,
Yoki atayin yuragingga, ayt bo`ysundingmi?
Nahot qalbing qayt yo`lingdan demagan bo`lsa?
Ey tangrim, nega ayt shuni menga ravo ko`rdingmi? (x2)
Ayriliqqa ko`nmay ilojim yo`q,
Sensizlikka ko`nmay ilojim yo`q.
Mayli mendan ketishni xohlasang,
Seni qaytarishga ilojim yo`q. (x2)
Bir-bora ortingga qara…