Farrux Xamraev - Kuta olasanmi qo`shiq matni

Meni eslab ko’ngling bo’lganda giryon,
Yig’lamay o’zingni tuta olasanmi?
Sevgimni ezg’ilab, qilmasdan yakson,
Jonim, yo’llarimni kuta olasanmi?
Umiding uzmasdan kuta olasanmi?

Diydor qo’msab, shahlo ko’zing yoshlamay,
Sog’inchingni ichga yuta olasanmi?
Mendan o’zga yigit qo’lin ushlamay,
Jonim, yo’llarimni kuta olasanmi?
Umiding uzmasdan kuta olasanmi?

Sen mening qalbimda so’nmas muhabbat,
Kutsang gar, bir kuni qaytaman, albat.
Sevgimiz hurmati, rostini ayt faqat,
Jonim, yo’llarimni kuta olasanmi?
Umiding uzmasdan kuta olasanmi?

Visol ko’prigini qo’ysalar uzib,
Firoq daryosidan o’tarman suzib.
Bir kuni yoningga qaytishim sezib,
Jonim, yo’llarimni kuta olasanmi?
Umiding uzmasdan kuta olasanmi?

Nogahon, bir yigit yo’lingni urib,
Yana sovchi qo’ysa, qo’lingni so’rab.
Sevganimni bor, deya rasmimga qarab,
Jonim, yo’llarimni kuta olasanmi?
Umiding uzmasdan kuta olasanmi?

Sen mening qalbimda so’nmas muhabbat,
Kutsang gar, bir kuni qaytaman, albat.
Sevgimiz hurmati, rostini ayt faqat,
Jonim, yo’llarimni kuta olasanmi?
Umiding uzmasdan kuta olasanmi? (x2)

Комментарии (1)
Majnun 05.10.20
Vapweee malades
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]