Farrux Xamraev - Yuragimdan ketarsan qo`shiq matni
[Faxriddin]
 Ko`cha sovuq,
 Qorong`u tunda yana ko`zlarimga uyqu kelmagan.
 Har kungi holatimdan pushaymonman,
 Sodda yuragim qiynalar, sababi yana yolg`izlik.
 Sog`inch bilan har kuni tinmay kurashish,
 Lekin gohida yengilib, dardimni ichga yutib,
 Sevilmagan yurakning tilka-pora holatidan achinish.
Bunday vaziyat endi menga begonamas,
 Nega yorim yonimdamas?
 Axir ko`ngil berib, sevish gunoh emas!
 Nega o`zga bag`riga intilib,
 Meni unutib ketding, go`zalim?
 Hatto bergan va`dalaring unutib!
 Sevgimni kamsitib! Qalbimni o`ksitib!
Xuddi oramizda hech qanday
 Iliq munosabat bo`lmaganday,
 Ko`zlar ko`zlarga tushmaganday,
 Qo`llar qo`llarga tegmaganday,
 Ketasan o`zgalarning molu-davlati tomona.
Yuragimdan, ko`zlarimdan, so`zlarimdan
 Nechun ketarsan? (x2)
[Farrux Hamraev]
 Men seni sog`inganda qaydan topay seni?
 Qalb seni soginganda qaydan izlay seni?
 Ayrildimmi nahot, endi jonim sendan?
 Ne xato o`tdi ayt, bilolmadim mendan?
Yuragimdan, ko`zlarimdan, so`zlarimdan
 Nechun ketarsan?
 Men seni sog`inganda qaydan topay seni?
 Qalb seni soginganda qaydan izlay seni?
 Yuragimdan, ko`zlarimdan, so`zlarimdan
 Qayga ketarsan?
[Faxriddin]
 Nega endi sevgani sevganiga sevilmas,
 Bir umr bu hayotda ular nega birgamas?
 Manimcha bir inson, bir insonga ko`ngil bersa,
 O`sha insondan boshqasi ko`ziga kurinmas.
A bizlarda nega unaqa holat bo`lmadi,
 Man tanlaganim negadir mani tanlamadi.
 Molu-davlat mandan shunchalik ustun bo`ldimi,
 U bevafo chin sevgimning qadriga yetmadi.
[Farrux Hamraev]
 Sovuqdan qaltiragan yuzlarimga bir qara,
 Sog`inchdan paydo bo`ldi yuragimda bir yara.
 Senga intilishdan bormikan endi samara,
 Qalbimda oqqan qorlarim ham endi qop qora.
Ko`rinmaydi ko`zlarimga quyosh kulgan kunduz,
 Qora bulutlar atrofida ko`rinmas yulduz.
 Oy qayg`uradi ko`rib holimni kecha-kunduz,
 Ne kulfatlarga solding meni, befavo, afsus!
[Farrux Hamraev va Faxriddin]
 Yuragimdan, ko`zlarimdan, so`zlarimdan
 Nechun ketarsan? (x2)

