Feruza Egamova - O’sma qo`shiq matni

O`sma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)

G`uncha ochilsa bo`ldi,
Gul bo`ladi debsanda.
San yomondan ayrilsam,
Zo`r keladi debsanda.

Yomon bo`lsam yonimda
Yurganing nimasi?
Har qadamda gul otib,
Turganing nimasi?

O`sma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)

Anor siqding, bir yayrab,
Suvidan ichay endi.
Sog`inganman arazning
Bandini yechay endi. (x2)

O`sma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)

Bo`ldi mani o`ylama,
Tutar sevgi xumori.
Agar yorim bo`lsangda,
Man ko`ksingning tumori.

Olib yurgin erkalab,
Choy uzatay ertalab.
Baxtiyor qilgin mani,
Turay yoningda gullab.

O`sma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]