Feruza Jumaniyozova - Kel azizim qo`shiq matni

Hey, yigitning dilovori,
Dilim vayrona, tingla meni.
Giryon yuragim huzuri,
Dardlarimga davo ayla.

Hey, yigitning namudori,
Teran dardlarim, tingla meni.
Sensiz kunu tunim o`tmas,
Bo`l abadiy yonimda.

Kel, azizim, munavvarim-o,
Sal meni aya, vafoli yagonam.
Kel, azizim, samo, yerim-o,
Ko`zlarim yoshlatma. (x2)

Ay, bu jonim sabri payon,
Kutaman, ammo tanla makon.
Kelgin, sevgilim men tomon,
Mehringni dildan ayla.

Ay, bu jonim sabri ayon,
Zoyamas-ku, poylayman har on.
Etgin, Rabbim, yorimni omon,
Bo`lsin mangu yonimda.

Kel, azizim, munavvarim-o,
Sal meni aya, vafoli yagonam.
Kel, azizim, samo, yerim-o,
Ko`zlarim yoshlatma. (x2)

Kel, azizim, munavvarim-o…
Kel, azizim, samo, yerim-o…

Kel, azizim, munavvarim-o,
Sal meni aya…
Kel, azizim, samo, yerim-o…
Kel, azizim…

Kel, azizim, munavvarim-o,
Sal meni aya, vafoli yagonam.
Kel, azizim, samo, yerim-o,
Ko`zlarim yoshlatma. (x2)

Kel, azizim… Sal meni aya…
Kel, azizim… Ko`zlarim yoshlatma…
Kel, azizim, samo, yerim-o,
Ko`zlarim yoshlatma.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]