G`anisher Abdullayev - Qayda eding qo`shiq matni

Muhabbatim zorlanganda qayda eding,
Yurakkinam xo`rlanganda qayda eding?
Boshim ne kunlarni ko`rdi, Xudo guvoh,
Dushmanlarim kulganida oyda eding. (x2)

Baxtim quchoq ochganida keldingmi yor,
Quyoshim nur sochganida keldingmi yor?
Bir og`iz shirin so`zga zor yarim ko`nglim
Yig`laganda, yig`latgan ul mayda eding.

Jon oluvchi nigohingdan yor qo`rqaman,
Tinch qo`y meni iltimos, bor qo`rqaman.
Men fidoyi oshiqlarning gadosiman,
Mehrga zor yurganimda qayda eding?

Muhabbatim zorlanganda qayda eding,
Yurakkinam xo`rlanganda qayda eding?
Boshim ne kunlarni ko`rdi, Xudo guvoh,
Dushmanlarim kulganida oyda eding. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]