G`ayrat Usmonov - Dunyo qo`shiq matni
Dunyo-dunyo, quvonchlaring cheklanmagan,
Dunyo-dunyo, armonlaring hech bitmagan. (x2)
Insonlarning g`iybatlari tugamagan,
G`am-tashvishdan ko`zlarida yosh arimagan. (x2)
Har onalar o`g`illarin taxtda ko`rsinlar,
Qizlarini alvon-alvon baxtda ko`rsinlar. (x2)
Qo`llar ochib o`qilgankim har bir duolar
Rizq berguvchi Rahmon zotga – Haqqa yetsinlar.
Insonlar bor – ibodatdan Haqni topganlar,
Insonlar bor – xarom ishdan gunoh topganlar. (x2)
Oniy insoniylik, oniy nafis tuyg`ular,
Bilgil, insonni jannatul firdavsga yo`llar. (x2)
Har onalar o`g`illarin taxtda ko`rsinlar,
Qizlarini alvon-alvon baxtda ko`rsinlar. (x2)
Qo`llar ochib o`qilgankim har bir duolar
Rizq berguvchi Rahmon zotga – Haqqa yetsinlar.
Читать также
Комментарии (0)