G`ayrat Usmonov - Taqdir qo`shiq matni
Hayot asli sinov, har lahza sinar,
Goho ulgurmadim, gohida shoshdim.
Soching oqarganda bir savol qiynar –
Qayda xato qildim, qayda adashdim?
Orzular armonga aylandi necha,
Bugungi g`animlar do`st edi kecha,
Aqlim tanigandan shu nafasgacha
Qayda xato qildim, qayda adashdim?
Ishing yurishganda hamma keladi,
Hatto begonalar ta`zim qiladi,
Omad yuz o`girsa hamma kuladi,
Qayda xato qildim, qayda adashdim?
Yolg`onu xiyonat kuydirar bag`rim,
Omonat muhabbat orttirar dardim,
Ojiz-notavonman rahm qil Tangrim,
Qayda xato qildim, qayda adashdim?
Adashdim, dil dardim kelmasin malol,
Dunyoda yor-do`sting bo`lsin chin, xalol,
O`zimdan o`zimga beraman savol –
Qayda xato qildim, qayda adashdim?
Qayda xato qildim, qayda adashdim?
Читать также
Комментарии (0)