G`ayrat Usmonov - Tovlanib qo`shiq matni
Tovona tegsa tosh bo`lgaymumi yo,
Osmonga o`t qo`ygich, nozli kibriyo. (x2)
Men kabi oshiqni tugab sabriyo, (x2)
Go`zalni go`zalsiz demay bo`larmu? (x2)
Tovlanib, tovlanib shoxida tursa,
Shu shirin olmani yemay bo`larmu?
Nozlanib, nozlanib yurakdan ursa,
Go`zalni go`zalsiz demay bo`larmu?
Yoningdan o`tganda yondiraversa,
Ko`zingni havasga qondiraversa. (x2)
Janon qiz joningdan tondiraversa, (x2)
Go`zalni go`zalsiz demay bo`larmu? (x2)
Tovlanib, tovlanib shoxida tursa,
Shu shirin olmani yemay bo`larmu?
Nozlanib, nozlanib yurakdan ursa,
Go`zalni go`zalsiz demay bo`larmu?
Xofiz ham sochlarin torini aytib,
Har ko`ngil o`zini zorini aytib, (x2)
Mirzoni aybi yo`q, borini aytib, (x2)
Go`zalni go`zalsiz demay bo`larmu? (x2)
Tovlanib, tovlanib shoxida tursa,
Shu shirin olmani yemay bo`larmu?
Nozlanib, nozlanib yurakdan ursa,
Go`zalni go`zalsiz demay bo`larmu?