G`ayrat Usmonov - Yor-yor qo`shiq matni

Bugun sizning uyingizga yor-yor kelar,
Bugun bizning ko`nglimizga ozor kelar.
Bugun sizni suymaganni suydurasiz,
Sizga yozgan xatlarimni kuydurasiz.(x2)

Ostonada men uchun ham yig`lab keting,
Muhabbatim zanjiriga bog`lab keting. (x2)
Hay, hay, hay, hay o`lan, sevgim yashar siz bilan.
Hay, hay, hay, hay o`lan, sevgim yashar siz bilan.

Sho`x yangangiz qoshingizga qoshlar qo`shar,
Qo`sh ko`nglimiz yoshimizga yoshlar qo`shar.
Yor uyida ko`rinmasin bo`ylarim-ey,
Chimildiqdan o`tolmasin o`ylarim-ey. (x2)

Ostonada men uchun ham yig`lab keting,
Muhabbatim zanjiriga bog`lab keting. (x2)
Hay, hay, hay, hay o`lan, sevgim yashar siz bilan.
Hay, hay, hay, hay o`lan, sevgim yashar siz bilan.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]