G`ayrat Usmonov - Yor-yor aytamiz qo`shiq matni

Sizga to`ylar kelodi –
Bizga o`ylar oy boshi,
Qismatimga qo`l berib,
O`zim bo`lay to`yboshi.

Soylar soyga oqdilar,
Boylar sizga boqdilar,
Nima bo`lsa, men bo`lay –
Egilmasin boy boshi.

Suv yo`lidan yurmagin –
Ezilmasin yuraging,
Ikkimizni bir ko`rmay
Yig`layabdi soy boshi. (x2)

Sizga “yor-yor” aytamiz,
To`lib to`ydan qaytamiz,
Sizga bo`lgan hislarni
Endi suvga aytamiz.

Sizga “yor-yor” aytamiz,
To`lib to`ydan qaytamiz,
Sizga bo`lgan hislarni
Endi soyga aytamiz.

Gado bo`lsam mayliyu,
Ado bo`lsam mayliyu,
Manziliga yetganda
Qayrilmasin toy boshi.

Qayda oshiq xor emas,
Bizga xorlik or emas,
Yig`larmidi to`yingda
Qirqilmasa nay boshi?!

Go`shangada uyola,
Yorga tutsang piyola,
Mug`anniyga atalib
To`kilmasin choy boshi. (x2)

Sizga “yor-yor” aytamiz,
To`lib to`ydan qaytamiz,
Sizga bo`lgan hislarni
Endi suvga aytamiz.

Sizga “yor-yor” aytamiz,
To`lib to`ydan qaytamiz,
Sizga bo`lgan hislarni
Endi soyga aytamiz.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]