G`ayrat Usmonov - Zulxumor qo`shiq matni

Kel yonima Zulxumor,
Yarash-yarash qilaylik,
Arazni qo`y, kel xumor,
Qarash-qarash qilaylik. (x2)

Yo`lingga gul poyondoz,
Bulbul kuyi intizor,
Kel, dilga kim tez olov
Qalash-qalash qilaylik. (x2)

Yarash-yarash qilaylik,
Qarash-qarash qilaylik, (x2)
Zulxumor, kel yonima.

Vaslingda quvnab sabo,
To`zg`itsa kokillaring,
Sochlaringni kim yaxshi
Tarash-tarash qilaylik.

Quvnashib o`ynashaylik,
Xayron qolsin chamanlar,
Bir olmani ikkimiz
Talash-talash qilaylik.

Mug`anniyni unutma,
Navolarim mast qilsin,
Men senga, sen menga baxt
Tilash-tilash qilaylik. (x2)

Yarash-yarash qilaylik,
Qarash-qarash qilaylik, (x2)
Zulxumor, kel yonima.

Yarash-yarash qilaylik,
Qarash-qarash qilaylik, (x2)
Zulxumor, kel yonima.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]