G`iyos Boytoyev - Onam yig’lar qo`shiq matni

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun, axir tildan ham, (x2)
Agar bir zot yig`lasa, chin dildan ham –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u… {x2}

Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona, (x2)
Jonsiz tanim ustida ham parvona –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u… {x2}

Tinar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo,
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u… {x2}

Gulday kulib yurmasmidi bolam, deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi bolam, deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi bolam, deb,
Ona yig`lar, ona yig`lar, onam u… {x3}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]