Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » G`ulomjon Yoqubov - O’sma qo’yibdi qoshiga qo`shiq matni

G`ulomjon Yoqubov - O’sma qo’yibdi qoshiga qo`shiq matni

Maftun etar muxlisini,
Sarviravonim o`ynasa.
Xushnud etar el dilini,
Mo`rchamiyonim o`ynasa.

Maftun etar muxlisini,
Sarviravonim o`ynasa.
Xushnud etar el dilini,
G`uncha dahonim o`ynasa.

O`sma qo`yibdi qoshiga,
Do`ppi kiyibdi boshiga. (x2)
Tahsin o`qib, zavq olaman,
Mo`rchamiyonim o`ynasa. (x2)

Havas bilan qarsak urib,
Goh o`tirib, gohi turib,
Raqsining zavqini surib,
Sho`xi zamonim o`ynasa.

Boqsa kulib, band etadi,
Mehriga payvand etadi,
O`zni shakar-qand etadi,
Sho`xi zamonim o`ynasa.

Aqlu hushi raso erur,
Dildagi muddao erur,
San’ati bebaho erur,
Mo`rchamiyonim o`ynasa.

San’ati bebaho erur,
Mo`rchamiyonim o`ynasa.

Tishlari dur, lablari la’l,
So`zlari go`yoki asal,
Xolisi yozmoqda g`azal,
Nuri jahonim o`ynasa.

Xolisi yozmoqda g`azal,
G`uncha dahonim o`ynasa.

O`sma qo`yibdi qoshiga,
Do`ppi kiyibdi boshiga. (x2)
Tahsin o`qib, zavq olaman,
Mo`rchamiyonim o`ynasa. (x2)

Sarviravonim o`ynasa,
Mo`rchamiyonim o`ynasa
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]