G`ulomjon Yoqubov - Qalbimni qaytar qo`shiq matni

Sen ketding kuzda, qoldim kuzatib,
Yolg`iz bir o`zim, (x2)
Omon qayt dedim, qo`lim uzatib,
Ko`zingda ko`zim.

O`zim qoldimu,
Yuragim saning izmingda ketdi, (x2)
Orzu-umidim,
Tilagim saning ko`zingda ketdi.

Qaytar chog`ingni kutdim intizor,
Ko`zim to`rt bo`lib, ko`zim to`rt bo`lib.

Shahardan qaytding, shahardan qaytding,
Ayni navbahor, diling yot bo`lib,
Qalbing yot bo`lib.

O`zing o`sha-yu, ko`zing o`sha-yu,
Yuraging boshqa,
Qalbingga asta nazar solsam,
O`xshaydi toshga.

Lekin sen mening, lekin sen mening
Qalbimni qaytar, qaytar o`zimga,
Qaytar o`zimga.

So`ngra ko`rinma, ey sevgi sotar,
Zinhor ko`zimga.

Qalbimni qaytar, qaytar o`zimga,
Qaytar o`zimga…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]