G`ulomjon Yoqubov - Zulfiya qo`shiq matni

Qalbim oynasida ko’rinar oy yuzing,
Sehrlab olganingdan yo’qmi ogohing?
Yuragimda qoldi solgan nigohing,
Tushlarimda yolg’iz faqat sen o’zing.

Ay Zulfiya, Zulfiya,
Ma’yus so’zlarim bilan bir kuylay.
Men uchun bir raqs aylagin,
Boshingdan gullar sochay.

Ay Zulfiya, Zulfiya,
Ma’yus so’zlarim bilan bir kuylay.
Men uchun bir raqs aylagin,
Ay Zulfiya, Zulfiya.

Olding aqlimni, olding tanimni,
Sen bilan har kecha suhbatlarimni.
Mana, ko’rib qo’y bu holatimni,
Muhabbat ne ko’yga soldi jonimni.

O’z otashing bilan yondirma buncha,
Mashshoq chalma, sendan to’ydim bu kecha.
Kel, ber so’zingni, shovqin qilma buncha,
O’zim kuylab beray, ko’nglim yozilguncha.

Ay Zulfiya, Zulfiya,
Ma’yus so’zlarim bilan bir kuylay.
Men uchun bir raqs aylagin,
Boshingdan gullar sochay.

Ay Zulfiya, Zulfiya,
Ma’yus so’zlarim bilan bir kuylay.
Men uchun bir raqs aylagin,
Ay Zulfiya, Zulfiya.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]