Guli Asalxo`jayeva - Atirgulim qo`shiq matni

Sani yorim, demadimmi,
Dilda borim, demadimmi?
Chorladim yonimga qancha,
Tingla zorim, demadimmi?

O`zganing ko`ziga boqsang,
Oy, deya yuziga boqsang,
Dilginam olovda yoqsang,
Beqarorim, demadimmi?

Sani yorim, demadimmi,
Dilda borim, demadimmi?
Chorladim yonimga qancha,
Tingla zorim, demadimmi?

O`zganing ko`ziga boqsang,
Oy, deya yuziga boqsang,
Jonimni olovda yoqsang,
Beqarorim, demadimmi?

Maydagina, maydagina,
Atirgulim qaydagina?
Tikoni bor, tikoni-ey,
Ushlashning yo`q imkoni-ey. (x2)

Ko`zlarim qoldi izingda,
Xayol aytmagan so`zingda,
Jonginam, yolg`iz o`zingda
Ixtiyorim, demadimmi?
Qo`lingga jonim tutay man,
Mayli dardimni yutay man,
Ayt, yana qancha kutay man,
Yo`q madorim, demadimmi? (x2)

Maydagina, maydagina,
Atirgulim qaydagina?
Tikoni bor, tikoni-ey,
Ushlashning yo`q imkoni-ey. (x2)

Saning shartlaringga ko`ndim,
Mayli dardlaringga ko`ndim,
Bir boqib qo`ysang, suyundim,
Vafodorim, demadimmi?

Saning shartlaringga ko`ndim,
Mayli dardlaringga ko`ndim,
Bir boqib qo`ysang, suyundim,
Vafodorim, demadim…

Maydagina, maydagina,
Atirgulim qaydagina?
Tikoni bor, tikoni-ey,
Ushlashning yo`q imkoni-ey. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]