Gulsanam Mamazoitova - Alla qo`shiq matni

Buncha nozik bo`lmasang,
Gulga o`raymu, bolam?
Yig`i to`la allam bor,
Aytib beraymu, bolam? (x2)

Yetti daryo yuvsa ham
Ketmas dog`im bor mening,
Nokas otgan toshlarga
To`lgan bog`im bor mening. (x2)

Mo`ltirama ko`zimga,
Bo`ldi ko`nglim ezmagin.
Men sen uchun tosh tishlay,
Sen oroming buzmagin. (x2)

Do`lonadek to`kilgan
Yuragi bor onangni,
Sendan boshqa kimga ham
Keragi bor onangni?
Dardkashimsan sen bolam.

Yolg`izlik bu jonimni
Yonar o`tga otdi-ey,
Yaxshi yorim deganim
Yomon kunga sotdi-ey.

Otang – o`zimman, alla,
Onang – o`zimman, alla,
Sensan gulim, rayhonim,
Soyang o`zingman, alla.

Do`lonadek to`kilgan
Yuragi bor onangni,
Sendan boshqa kimga ham
Keragi bor onangni?
Suyanganimsan bolam,
Ishonganimsan bolam.

Buncha nozik bo`lmasang,
Gulga o`raymu bolam?
Yig`i to`la allam bor,
Aytib beraymu bolam?

Dardkashimsan sen bolam,
Suyanganimsan bolam.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]