Gulsanam Mamazoitova - Hushtak qo`shiq matni

Bog`ingni ortidan changal o`ray man,
Bo`yingni bo`yimga tenglab ko`ray man.
Bo`ying bo`ylarimga munosib kelsa,
Yonimda tur, yonginangda bo`lay man,
Yonimda yur, yonginangda yuray man.

Sollanib o`t, sadafingdan taniyman,
Hushtak chalib o`t, ovozingdan taniyman. (x3)

Bog`ima chiq, o`zim bog`bon bo`loyin,
Qaddi-bo`ylaringga qurbon bo`loyin. (x2)
Qaddi-bo`ylaringga qurbon bo`lmasam,
Ko`chalarda yurib, sarson bo`loyin.

Sollanib o`t, sadafingdan taniyman,
Hushtak chalib o`t, ovozingdan taniyman. (x3)

Sollanib-sollanib kelar, sadafidan taniyman,
Chaqirib-chaqirib kelar, ovozidan taniyman.
Sollanib-sollanib kelar, sadafidan taniyman,
Chaqirib-chaqirib kelar, ovozidan taniyman.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]