Gulsanam Mamazoitova - Meni unutma qo`shiq matni

Bog`imdagi bir qizil gul uzildi, so`ldi,
Boshqa bog`bon qo`llarida hid sochar bo`ldi.
Gulim senga boqolmadim, mendan ranjima,
Yangi bog`da bir umr qol, hech qachon so`lma.

Meni, meni unutma, meni, meni unutma,
Gulim, meni unutma.

Sen qoldirgan bog`ni endi tikonlar bezar,
Xushbo`y hiding ketib bunda ilonlar kezar.
Qahratonga mahkum bo`ldim, bo`ronli kunga,
Senda esa hamon bahor, shabboda esar.

Meni, meni unutma, meni, meni unutma,
Gulim, meni unutma.

Huvillagan boqqa dardim to`kib kuylasam,
Qo`shni bog`da erka bulbul shodon kuylaydi.
Sendan qolgan yaproqlarni silab yig`lasam,
Qo`shni bog`bon jonli bo`ying tuyib quvnaydi.
Sendan qolgan yaproqlarni silab yig`lasam,
Qo`shni bog`bon jonli bo`ying tuyib quvnaydi.

Meni, meni unutma, meni, meni unutma,
Gulim, meni unutma. (x2)
Meni unutma.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]