Gulsanam Mamazoitova - Muhabbatim qo`shiq matni
Hijron yukin ketding tashlab mendan kulib,
Otash olgan vujudimni sen muzlatib.
Lekin sevging cho`g` qalbimda qolmas so`nib,
Muhabbatim, qo`yma meni yolg`izlatib, yolg`izlatib.
Netay dilim bo`laklarga bo`lolmadim,
Yara bo`lgan yuragimni berolmadim,
Osmoningda oydek tanho bo`lolmadim, bo`lolmadim,
Muhabbatim, qo`yma meni yolg`izlatib.
Dovul ezgan maysa bugun jismu tanim,
Bargdan tomgan shabnam ekan ul suyganim,
Holim ko`rib do`stim kuyib, kuldi g`anim, kuldi g`anim,
Muhabbatim, qo`yma meni yolg`izlatib, yolg`izlatib,
Jon sevgilim, ketma meni zor qaqshatib.
Muhabbatim keng osmonning oyi bo`ldi,
Qirq`oqlarin erkalagan soyi bo`ldi,
Endi esa aytmaganman sevgim so`ndi, sevgim so`ndi,
Muhabbatim, qo`yma meni yolg`izlatib, yolg`izlatib,
Jon sevgilim, ketma meni zor qaqshatib.
Muhabbatim hayotimga yor ekansan,
Yuragimga vafo gulim sen ekansan,
Hayot tirik dunyoda ishq bor ekansan, bor ekansan,
Muhabbatim, qo`yding meni kuy kuylatib,
Muhabbatim, qo`yding meni kuy kuylatib.
Muhabbatim, ketma meni zor yig`latib.