Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Gulsanam Mamazoitova - Omon-omon zamonlar qo`shiq matni

Gulsanam Mamazoitova - Omon-omon zamonlar qo`shiq matni

Bu diyorning xalqida
To’y bo’lmagan kuni yo’q,
Olamga tinchlik tilab,
O’tkazmagan tuni yo’q.

To’ylar qilsa qancha ko’p,
Mehmon kelsa ko’ngli to’q,
Elim bugun xalq bo’lib,
Birlashganingga qulluq.

Omon-omon zamonlar
Yarashganiga qulluq,
Yurtimga shu davronlar
Yarashganiga qulluq. (x2)

Kim tinglabdi o’zga yurt
“Yor-yor”, o’lanlarini,
Baxtliligin anglaysan
Tinglab kalomlarini.

Hamma ko’rib bu yurtning
Go’zal bayramlarini,
Ahli olam havasda
Qarashganiga qulluq.

Yurtimga shu bayramlar
Yarashganiga qulluq.

Omon-omon zamonlar
Yarashganiga qulluq,
Yurtimga shu davronlar
Yarashganiga qulluq. (x2)

Tinchlik va’da olamga,
Qomusi bo’lib posbon,
Har manzilu mavzelar
Obod, chaman, guliston.

Ushbu aziz vatanda
Azizdir barcha inson,
Muhabbat-la yuraklar
Qalashganiga qulluq.

Yurtimga shunday maqom
Yarashganiga qulluq.

Omon-omon zamonlar
Yarashganiga qulluq,
Yurtimga shu davronlar
Yarashganiga qulluq. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]