Gulsanam Mamazoitova - Oydan tushgan emas qo`shiq matni
Mevasin yeb bog`ini ham so`rab qo`ygin,
Kerak bo`lsa, bog` atrofin o`rab qo`ygin,
Nihollaring kokillarin tarab qo`ygin, tarab qo`ygin.
Bu binolar qaydan bino bo`ldi ekan?
Kim bobolar qaddin raso qildi ekan?
Nechun bizni butun dunyo bildi ekan, bildi ekan?
Hech kimni baxt o`z-o`zidan quchgan emas,
Qush ham ko`kka mashaqqatsiz uchgan emas.
Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar
Oydan tushgan emas, ko`kdan tushgan emas.
Oydan tushgan emas, ko`kdan tushgan emas,
Ozodlik ham, obodlik ham o`zi kelmas.
Oydan tushgan emas, ko`kdan tushgan emas,
Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar.
Ertaklarda mo`jizalar sehr sabab,
Gulu giyoh ko`kargaydir mehr sabab,
Tafakkurning hurligiga nedir sabab, nedir sabab?
O`n sakkizga kirgan yigit so`ziga boq,
Yuziga boq, olov yongan ko`ziga boq,
Bu eng buyuk xazinadir, do`stim biroq, do`stim biroq.
Shijoatning, jasoratning mahsuli bu,
Irodaning, zakovatning mahsuli bu.
Ulug` inson tanlab olgan haq yo`li bu,
O`zbekiston, bundayin baxt o`zi kelmas,
Oydan tushgan emas, ko`kdan tushgan emas.
Oydan tushgan emas, ko`kdan tushgan emas,
Ozodlik ham, obodlik ham o`zi kelmas.
Oydan tushgan emas, ko`kdan tushgan emas,
Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar. (x2)
Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar… {x2}