Gulsanam Mamazoitova - Parvo qilmaysan qo`shiq matni
Ko`zlaringga boqaman, men o`rgilib yoningda,
Sening yoningda, sening yoningda.
Qachon olov yoqaman shiringina joningga,
Sening joningga, sening joningga. (x2)
Nega parvo qilmaysan, nega dardim bilmaysan?
O`zingga shaydo etib, endi meni qiynaysan. (x2)
Senga kulib boqaman, dilga o`t solay deb,
Sochimga gul taqaman, senga yoqib qolay deb. (x2)
Nega parvo qilmaysan, nega dardim bilmaysan?
O`zingga shaydo etib, endi meni qiynaysan. (x2)
Jonimga berma jafolar, yuragimga bo`l davolar,
Kuylayman sho`x-sho`x navolar, senga jonimni berib.
Jonimga berma jafolar, har onimga bo`l malolar,
Yuragingga bo`lay davolar, yoring – men, men, men.
Nega parvo qilmaysan, nega dardim bilmaysan?
O`zingga shaydo etib, endi meni qiynaysan. (x2)
Читать также
Комментарии (0)