Gulsanam Mamazoitova - Sevilmoq qoldi qo`shiq matni
Men seni sevdimu sevilmoq qoldi,
Majnunu devona deyilmoq qoldi. (x2)
Men ham bir zamonlar mag`rur edim oh, yor-ey,
Taslim etdi ishqing, egilmoq qoldi. (x2)
Men seni sevdimu sevilmoq qoldi.
Ohusan, yuksakda saning makoning,
Pastdaman, intizor tikilmoq qoldi. (x2)
Senga bahor kabi yashnamoq taqdir,
Menga kuz singari to`kilmoq qoldi. (x2)
Men seni sevdimu sevilmoq qoldi.
Vaslingga yetmoqqa choram qolmadi,
Kutishdan hech bu ko`zlarim tolmadi. (x2)
Muhabbat ne ko`yga mani solmadi,
Faqat oyog`ingga yiqilmoq qoldi. (x2)
Men seni sevdimu sevilmoq qoldi,
Majnunu devona deyilmoq qoldi.
Men ham bir zamonlar mag`rur edim oh, yor-ey,
Taslim etdi ishqing, egilmoq qoldi.
Men ham bir zamonlar mag`rur edim oh,
Taslim etdi ishqing, egilmoq qoldi.
Men seni sevdimu sevilmoq qoldi…