Gulsanam Mamazoitova - Vatan uchun qo`shiq matni
Boshing egib, ta`zim ayla, shukrona ayt,
Seni guldek erkalagan chaman uchun.
Osmonlarda yurgan bo`lsang, tuproqqa qayt,
Aytgil do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Shu soylardan suvlar urgin yuzingga sen,
Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen.
Shu savolni berib ko`rgin o`zingga sen:
Aytgil do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Ko`zi qora, yuragi oq shu el uchun,
Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun.
Ulug` inson boshlab bergan shu yo`l uchun,

Buncha bino qo`yma zarrin choponlarga,
Saratonda yaproq bo`lgin dehqonlarga.
Suyangani tayoq bo`lgin cho`ponlarga,
Aytgil do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Eldan ketib, el bo`lganni kim biladi?
Don axtargan go`shtxo`rlarga yem bo`ladi.
Dil qonasa, ona tuproq em bo`ladi,
Aytgil do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Qachongacha qorning o`ylab o`tadirsan?
Qachongacha ko`kdan chalpak kutadirsan?
Axir Vatan bitta, sen ham bittadirsan,
Aytgil do`stim, nima qildik Vatan uchun? {x2}