Gulsanam Mamazoitova - Yor-yorni ayting qo`shiq matni

Ayt sevgi, bu axir nima qilganing –
Men yorga desam, sen qayga chorlading? (x2)
O`lanchilar eski o`lanni qo`ying,
Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting. (x2)
Yor-yorni ayting.

Qizning taqdiridan qiziq narsa yo`q,
Siniq ko`nglidanda siniq narsa yo`q. (x2)
Mening armonimdan tiniq narsa yo`q,
Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting. (x2)
Yor-yorni ayting.

Men sevgi bog`idan uzilgan gulman,
Zimiston ichida yo`qolgan nurman.
Endi oydek qizmas, baxtsiz kelinman,
Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting.
Yor-yorni ayting.

Tindiring surnayning ovozasini,
Berkitishdi baxtim darvozasini. (x2)
Larzaga keltirib to`yxonasini
Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting. (x2)
Yor-yorni ayting. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]