Hilola Hamidova - Adashdim qo`shiq matni

Kel deding, ey, ishqtalab, bo`stoningda adashdim,
Yoz deding ko`ngil g`amin, dostoningda adashdim.

Uch deding, bog`la qanot ko`kda maloyiklar bilan,
Oh dedim, ovora bo`ldim, osmoningda adashdim.
Kel deding, ey, ishqtalab, bo`stoningda adashdim.

Bas deding, hijron toshin daryoga ot, dunyoga ot,
Voh dedim, cho`kdim basar, ummoningda adashdim. (x2)

Kel deding, ey, ishqtalab, bo`stoningda adashdim,
Yoz deding ko`ngil g`amin, dostoningda adashdim.

Qol deding kulbam aro, ko`nglim yaro, baxtim qaro,
Yohu dedim, qaytmas umr, karvoningda adashdim.

Shu deding, ey, Farida, dunyo o`zi charxi falak,
Yo`q dedim, yo`q-yo`q dedim, yolg`oningda adashdim. (x2)

Kel deding, ey, ishqtalab, bo`stoningda adashdim,
Yoz deding ko`ngil g`amin, dostoningda adashdim.

Shu deding, ey, farid dunyo o`zi charxi, ey falak,
Yo`q dedim, yo`q-yo`q dedim, yolg`oningda adashdim.

Bo`stoningda adashdim, osmoningda adashdim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]