Hilola Hamidova - Araz qo`shiq matni
Sizni o`yladim, shirin so`zladim,
Nega sochingizni kesdingiz, man tushunmadim?
Mandan so`ramay, ko`ngil so`ramay,
Yuribsizda bemalol, ro`mol o`ramay.
Ey, sochingiz yoqardi, suvdek oqardi,
Bilsangiz shu sochlar manga yoqardi.
Bahona topmang, boshqa urinmang,
Sochingiz o`smaguncha-ey manga ko`rinmang!
E, bahona topmang, boshqa urinmang,
Sochingiz o`smaguncha-ey manga ko`rinmang!
Bekor bo`pti-ey, bekor bo`pti-yey,
Uzun sochlar-ey uvol bo`pti-ya.
Bekor bo`pti-ey, bekor bo`pti-yey,
Shunday sochlar-ey uvol bopti-yey.
O`zimga ozgina boqayin debman-ey,
Ranjimang, man sizga yoqayin debman. (x2)
Boshqalar kesganda nega man kesmay-ey?
Bugun man yoningizga bekorga kelibman.
Boshqalar kesganda nega man kesmay-ey?
O`zi man yoningizga bekorga kelibman.
Ajab bo`pti-ya, ajab bo`pti-ya,
Sochim yoqmasa-ya, ajab bo`pti-ya.
Voy, ajab bo`pti-ya, ajab bo`pti-ya,
Sochim yoqmasa-yey, ajab bo`pti-ya.
Sochingiz o`zi yaxshidi,
Oy yuzingiz naqshiydi. (x2)
Endi sizga qarasam-ey,
Mani jonim qaqshiydi. (x2)
Yomon bo`pti-ye, yomon bo`pti-ya,
Uzun sochlar-a tamom bo`pti-ya.
Yomon bo`pti-ye, yomon bo`pti-ya,
Shunday sochlar-ey tamom bo`pti-ya.
Buni zamon deydilar, shunday udum kezganda,
Man bechora na qilay, hamma shunday kesganda.
Hozir shunday tarashgan, havas bilan qarashgan,
O`zingiz ko`rib turibsiz, manga juda yarashgan.
Ne tilagingiz bor manda, tushunmaysiz chamamda,
Axir sizga yoqqani urinamanda. (x2)
Ajab bo`pti-ya, ajab bo`pti-ya,
Sochim yoqmasa-ya, ajab bo`pti-ya.
Voy, ajab bo`pti-ya, ajab bo`pti-ya,
Sochim yoqmasa-yey, ajab bo`pti-ya.
Ajab bo`pti-ya, ajab bo`pti-ya,
Ajab bo`pti-ya…