Hilola Hamidova - Muhabbat baxti qo`shiq matni
Muhabbat baxtidan sarxush edim men,
Jannat ta`rifida bir tush edim men, (x2)
Vaslidan shod, hajridan homush edim men,
Netaykim, xayoli faromush edim men.
Endi mening qalbima muhabbat o`t yoqmaydi,
Yuragimda bir tosh bor, erimaydi, oqmaydi,
Erimaydi, oqmaydi.
Soyga yalpiz suydirib, qoyil edim men,
Ishqning ganjidan boir edim men, (x2)
Qatra mehr ko`rsatsa kim, moyil edim men,
Ko`pning ko`zin kuydirib, shoir edim men.
Endi o`tlig` so`zlarim biror dilni yoqmaydi,
Yuragimda bir tosh bor, erimaydi, oqmaydi,
Erimaydi, oqmaydi.
Gard aylamish ul yor, ohlar urarman,
Endi qanday bosh ko`tarib yurarman?
Endi uzun, mahzun o`ylar surarman,
Balkim, Majnun bilan davra qurarman.
Endi mening holima biror xayrxoh boqmaydi,
Yuragimda bir tosh bor, erimaydi, oqmaydi,
Erimaydi, oqmaydi.
Erimaydi, oqmaydi, erimaydi, oqmaydi.
Endi o`tlig` so`zlarim-ey biror dilni yoqmaydi,
Yuragimda bir tosh bor, erimaydi, oqmaydi,
Erimaydi, oqmaydi.
Erimaydi, oqmaydi, haa…