Hilola Hamidova - Titradim qo`shiq matni

Gul atri gulbog` ichra gul novdasin kuydirar,
Oshiqning ohi hargiz dil pardasin kuydirar. (x2)

Yaratgan tanlab-tanlab qul bandasin suydirar,
Tavoningga to`kilgan tamannodan titradim-ey. (x2)
Hey, tamannodan titradim.

Boychechakni bozorda terganni kim ko`ribdi,
Qaldirg`ochga bu qoshni berganni kim ko`ribdi? (x2)

Yolg`izning yostig`ini kulganin kim ko`ribdi,
Tavoningga to`kilgan tamannodan titradim-ey. (x2)
Hey, tamannodan titradim-ey.

Zulfizarin ifori axtardim atirda yo`q,
Qoshlarining qiyosi men topgan satrda yo`q. (x2)

Mahmudni kul qiygaydir ko`ksida gullagan cho`g`,
Tavoningga to`kilgan tamannodan titradim-ey. (x2)
Hey, tamannodan titradim-ey.

Gul atri gulbog` ichra gul novdasin kuydirar,
Oshiqning ohi hargiz dil pardasin kuydirar.

Yaratgan tanlab-tanlab qul bandasin suydirar,
Tavoningga to`kilgan tamannodan titradim-ey.
Hey, tamannodan titradim-ey.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]