Hosila Rahimova - Chaman ichra qo`shiq matni
Bog`da bulbul sayraydi chaman ichra,
 Shom bo`lganga o`xshaydi chaman ichra,
 Yuragim shig`illaydi chaman ichra, bog` ichra
 Yor kelganga o`xshaydi chaman ichra,
 Yor kelganga o`xshaydi chaman ichra.
Qizil gulning tagida chaman ichra
 Yor, seni ko`rib qoldim chaman ichra,
 Ko`rmasam bo`lar ekan chaman ichra, bog` ichra
 Ishqingda kuyib qoldim chaman ichra,
 Ishqingda kuyib qoldim chaman ichra.
Gul uzganim yo`q erdi chaman ichra,
 Toldirdi bilagimni chaman ichra,
 Yor sevganim yo`q erdi chaman ichra, bog` ichra
 Yondirdi yuragimni chaman ichra,
 Yondirdi yuragimni chaman ichra.
Yondirdi yuragimni chaman ichra… (x2)
Читать также 
				Комментарии (0)
				
