Hosila Rahimova - Opa qo`shiq matni
Opa, bulut bo`lib sitilib ketdim,
Opa, yashin bo`lib yiqilib ketdim,
Opa, yomg`ir bo`lib to`kilib ketdim,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.
Rangimning rangini eslolmay qoldim,
Tomog`im achishib, yig`lolmay qoldim,
G`aflat bosib sizni yo`qlolmay qoldim,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.
Yostig`imga oylar botsin desangiz,
Kunduz yonimizda yotsin desangiz,
Yostig`imga oylar botsin desangiz,
Yulduz yonimizda yotsin desangiz,
Bir kunim odamday o`tsin desangiz,
Opa, dardlashgani keling bir kecha.
Bir kunim odamday o`tsin desangiz,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.
Hamma azobimga topasiz chora,
Kelsangiz xorligu zorlik nachora,
Yaxshiyam sizni tuqqan onam bechora,
Otamni eslaylik, keling bir kecha.
Qo`shig`im rayhondir, qo`shiqlarim zarrin,
Bir ko`nglim podshohdir, bir ko`nglim g`arib,
Xudodan so`rovdimmi xofiza bo`lay deb?
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.
Bolaligimga qaytib, sho`x yel bo`lay men,
Dardlarimni aytib, yengil bo`lay men, (x2)
Keling, yana sizga singil bo`lay men, (x2)
Opa, dardlashgani keling bir kecha,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.
Opa, dardlashgani keling bir kecha…