Hosila Rahimova - Tilak qo`shiq matni

Yaxshi duo bo`lsa, duo ravo bo`lsa,
Bir xush xabar kelsa yil boshida.
Kimdir ulfat, kim jo`ra, kim erka-yu kim to`ra,
Bitta-bitta hol so`ra kun boshida. (x2)
Ey, kun boshida, kun boshida.

Bo`lsin-o, bo`lsin-o, omading yor bo`lsin-o,
Doim o`tirgin yayrab to`y boshida.
Bo`lsin-o, bo`lsin-o, omading yor bo`lsin-o,
Doim o`tirgin yayrab to`y boshida.

Yomoning topilmasin, xayoling sochilmasin,
Tulporing qoqilmasin yo`l boshida.
Yayrab-yayrab o`ynagin, chetda qarab turmagin,
Zavqing o`zim keltiray kuy boshida. (x2)
Ey, kuy boshida, ey, kuy boshida.

Bo`lsin-o, bo`lsin-o, omading yor bo`lsin-o,
Doim o`tirgin yayrab to`y boshida.
Bo`lsin-o, bo`lsin-o, omading yor bo`lsin-o,
Doim o`tirgin yayrab to`y boshida.

Kundan kunga boy bo`lib, osmondagi oy bo`lib,
Ko`z tegmasin, o`zbegim ko`z-qoshiga.
Kundan kunga boy bo`lib, osmondagi oy bo`lib,
Ko`z tegmasin, yurtimning ko`z-qoshiga.
Hey, ko`z-qoshiga.

Bo`lsin-o, bo`lsin-o, omading yor bo`lsin-o,
Doim o`tirgin yayrab to`y boshida.
Bo`lsin-o, bo`lsin-o, omading yor bo`lsin-o,
Doim o`tirgin yayrab to`y boshida. (x2)
Hey, to`y boshida.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]