Hosila Rahimova - To’maris qo`shiq matni

Bu vatanga faqat oftob yarashadi, (To`maris)
Oftob tushgan yurtga hayron qarashadi. (To`maris) (x2)
Bu tuproqni azal bizga tortiq etgan ajdodlar,
Dushman senday podshoh bilan talashadi.
Dushman senday podshoh bilan talashadi. (To`maris)

Ey yov yovligin qildimi, paymonasi to`ldimi?
Yoshing to`kmay yig`laysano, Sparangiz-a o`ldimi?
Bek xotin, xol xotin, nomus xotin, shon xotin,
G`amga chidab turibsan, bir elatga jon xotin.

Podshohlarning g`amda tanho qolishi bor,
Ammo xalq deb yuragining yonishi bor.
Qo`zg`ol el deb, qilich bog`lab, otga minding,
G`ayratingning bizga meros qolishi bor.
G`ayratingning bizga meros qolishi bor.

Ey, kunday shoshib borasan, g`amdan oshib borasan,
Dushmanlarning ustiga selday toshib borasan.
G`amda yolg`iz sho`r xotin, elim degan o`r xotin,
Dushmanlarni qaqshatgan, yurt ishiga zo`r xotin.

Haq yo`lida ot surganga Tangri posbon,
Uzangingni ushlab borar qirqta chinor,
Sen qudratni eldan olib, elga bergan podshohsan,
Bugun mana avlodlaring elda doston.
Bugun mana avlodlaring elda doston.

Hey, elni Xudoga aytgan, rozisisan, To`maris,
Shu kunlarni sog`ingan orzusisan, To`maris.
Ona Vatan, hur Vatan, buyuk Vatan, shon Vatan,
Ajdodlardan bizlarga meros qolgan jon Vatan.
Bu dunyoda yagona, bu vatan – bizning Vatan!

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]