Husan - Bilaman qo`shiq matni
Mayli, meni alda, sevdim deb alda,
 Sizgadir hayotim, sevgim deb alda,
 Dunyoga siz uchun keldim deb alda,
 Aldanib yashayin aldoqlaringga.
Achinib qarama, tikilma mahzun,
 Azoblar men uchun o`qilsin tahsin,
 Ko`zimdan qip-qizil ko`z yoshlar oqsin,
 Mahkumlar bo`layin qiynoqlaringga.
Bilaman bularning barchasi xayol,
 Barchasi javobin topmagan savol,
 Bitta o`kinchim bor kelmasa malol –
 Rozi bo`l tushimga kirmoqlaringga. (x2)
Maftun nigohlarim senga yoqmasa,
 Mayli ko`zlarimdan ko`zmunchoq yasa,
 Shaydurman sen qanday jazo xohlasang,
 Mahkumlar bo`layin qiynoqlaringga.
Bu dunyo ko`hnadir, bu dunyo keksa,
 Dardu-quvonch bo`lgay chidasa, cheksa,
 Armonim yo`q edi lablarim tegsa
 Barmog`im tekkan barmoqlaringga.
Bilaman bularning barchasi xayol,
 Barchasi javobin topmagan savol,
 Bitta o`kinchim bor kelmasa malol –
 Rozi bo`l tushimga kirmoqlaringga. (x4)

