Husan - Dildor qo`shiq matni
Xayolimda qasrlar qurib,
Dildorim, men nega ishondim?
Inson o`zi ojiz baribir,
Taqdirini bilolmas axir.
Inson o`zi ojiz baribir,
Taqdirini bilolmas axir.
Bilmadim, negadir bugun dunyo tor,
Nega ayt, senga bo`ldim umidvor?
Mayli, ichida qolsam ham to`rt devor,
Vaqti kelib meni ham eslab qo`y, Dildor.
Ey, vaqti kelib meni ham eslab qo`y, Dildor.
Ota-onam bag`rida o`ynab,
Tashvishlardan yiroq yurardim.
Bugun ojiz bo`lib qarshingda
Qoqildim men hayot yo`lida.
Ey, bugun ojiz bo`lib qarshingda
Qoqildim men hayot yo`lida.
Bilmadim, negadir bugun dunyo tor,
Nega ayt, senga bo`ldim umidvor?
Mayli, ichida qolsam ham to`rt devor,
Vaqti kelib meni ham eslab qo`y, Dildor.
Ey, vaqti kelib meni ham eslab qo`y, Dildor.
Kechir meni, Dildorim kechir,
Seni qattiq sevib qolibman,
Orzularga berilib bir dam,
Seni baxtdan judo qilibman.