Husan - Sog’indim qo`shiq matni

San ketdingu, ey voh, sani dildor sog`indim,
Hajringda kuyib, lahzada ming bor sog`indim.
Hech qancha zamon o`tmadi, man zor sog`indim,
Sansiz ezilib, tunlari bedor sog`indim.

Man zor sog`indim, ey yor sog`indim,
Man zor sog`indim, sani yor sog`indim.

Shahringda kezib, axtaraman bosgan izingni, (x2)
Kunduz ezilib, tunlari bedor sog`indim. (x2)
Man zor sog`indim, ey yor sog`indim,
Man zor sog`indim, sani yor sog`indim.

Yonimda eding, bilmas ekanman sani qadring,
Ayniqsa shu kun bo`ldi zulmkor, sog`indim.
Tezroq kelaqol, bir kun oy-yilga barobar,
Yilga barobar, yilga barobar,
Sensiz yuragim porayu abgor, sog`indim,
Sensiz yuragim porayu abgor, sog`indim.

Man zor sog`indim, ey yor sog`indim,
Man zor sog`indim, sani yor sog`indim. (x2)

San ketdingu, ey voh, sani dildor sog`indim,
Hajringda kuyib, lahzada ming bor sog`indim.
Hech qancha zamon o`tmadi, man zor sog`indim,
Sansiz ezilib, tunlari bedor sog`indim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]