Husniddin Xoliqov - O’zbekiston qo`shiq matni
Yetmish yil ko`z yoshim artdi yolg`onim,
 Qora qumg`onda choy, moysiz yovg`onim,
 Sarbonsiz cho`llarda daydigan Majnun,
 Ipak yo`llarda izsiz karvonim.
 Salom, o`zligiga qaytgan ummonim,
 O`zimniki bo`lgan O`zbekistonim!
O`zbekiston, O`zbekiston, O`zbekiston,
 Yurtim mening, mening ona Vatanim!
 O`zbekiston, O`zbekiston, O`zbekiston,
 Yurtim mening, mening ona Vatanim!
Madh aytib, sen bilan maqtanmoq oson,
 Mulki Samarqand deb, mulki Xuroson.
 O`zingniki emas, hatto o`chog`ing –
 O`zingdan bir kuni chiqmasa sulton.
 Salom, Temurlardan tomchigan qonim,
 O`zimniki bo`lgan O`zbekistonim!
O`zbekiston, O`zbekiston, O`zbekiston,
 Yurtim mening, mening ona Vatanim!
 O`zbekiston, O`zbekiston, O`zbekiston,
 Yurtim mening, mening ona Vatanim!
Paxtadek ko`nglingda yo`q seni g`ubor,
 Tan olsa, dunyolar, oldi ikki bor.
 Shoh bo`lib, hofizin e`zozlagan yurt,
 Ey, sen, Alisherni asragan diyor.
 Mard dilga hamisha ochiq jahonim,
 O`zimniki bo`lgan O`zbekistonim!
O`zbekiston, O`zbekiston, O`zbekiston,
 Yurtim mening, mening ona Vatanim!
 O`zbekiston, O`zbekiston, O`zbekiston,
 Yurtim mening, mening ona Vatanim!
 O`zbekiston…

