Husniddin Xoliqov - Xayol qo`shiq matni

Ne sabab surding xayol,
Oshufta yor etdingmi yor, etdingmi, yor?
Ul bilan aylab visol,
Qalbing bahor etdingmi yor, etdingmi, yor?

Sayramas aftodadir
Bog`larda qushlar ne uchun, ne uchun?
Ul bila bulbulga odob
Barqaror etdingmi yor, etdingmi, yor?

Ul bila bulbulga odob
Barqaror etdingmi yor, etdingmi, yor?

Sevganingni sham yanglig`
Kechalardan izlagin, izlagin.
Oy to`lishgan yop-yorug`
Ko`chalardan izlagin, izlagin.

Subhidamda xanda etgan
G`unchalardan izlagin, izlagin.
Izlamasdan yor visolin
Beozor kutdingmi yor, kutdingmi yor?

Izlamasdan yor visolin
Beozor kutdingmi yor, kutdingmi yor?

Qayda chashma, qayda tola,
Soyu-daryo kechmasang?
Qayda diydor, dilda tug`yon,
Dardu g`am-o kechmasang?

Yora ketgan yo`llar olis,
Ranju savdo kechmasang.
Ketmagaysan yo xayolim,
G`am-g`uso etdingmi yor?

Sevganingni sham yanglig`
Kechalardan izlagin, izlagin.
Oy to`lishgan yop-yorug`
Ko`chalardan izlagin, izlagin.

Oy to`lishgan yop-yorug`…
Izlagin… (x3)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]