Ilhom Farmonov - Binafsha qo`shiq matni

Suv bo`yida binafsha
Bahor bilan uchrashdi,
Bo`yiga yetgan qizlarga
Yana sovchi ilashdi.

Binafshajon, binafsha,
Kokillaring haydarsan.
Menga loyiq qiz topsang,
Qulog`imga aytarsan. (x2)

Ayt, ayt, u qiz qani?
Binafshajon, binafsha.
Ayt, ayt, aytaqolgin,
Binafshajon, binafsha. (x2)

Men g`aribga sovchilik
Sendan o`zga kim qilgay?
Guldan nozik qiz qalbin
Sen bilmasang, kim bilgay?

To`y qilamiz keng chaman,
Ariqlarning bo`yida.
O`zing o`ynab berarsan
Muhammadning to`yida. (x2)

Ayt, ayt, u qiz qani?
Binafshajon, binafsha.
Ayt, ayt, aytaqolgin,
Binafshajon, binafsha. (x2+x1+x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]