Ilhom Farmonov - Onajoning rozi qil qo`shiq matni

Bo`lay desang jannati,
Muhammadning ummati,
Parvardigor hurmati,
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil.

Bo`lay desang jannati,
Parvardigor hurmati, (x2)
Muhammadning ummati,
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil. (x2)

Buzma ona ra`yini,
Masjid bilgin joyini, (x2)
Joynamoz qil poyini,
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil. (x2)

O`qib Kalomullohni,
So`zi bordir Allohni, (x2)
Qo`ygin Makkatullohni,
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil. (x2)

Ulug`lashdan tolmagin,
Qarg`ishini olmagin, (x2)
Attang qilib qolmagin,
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil. (x2)

Ursa qo`lin silagin,
Turtsa o`pgin bilagin, (x2)
So`ksa umr tilagin,
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil.

Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil.

Tik qarama ko`ziga,
Itoat et so`ziga, (x2)
Qullik qilgin o`ziga,
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil. (x2)

Onajoning rozi qil,
Mehriboning rozi qil.
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil.

Onajoning rozi qil,
Mehriboning rozi qil…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]