Ilhom Farmonov - Qiz boladan qo`shiq matni

Arazlasa xafa bo`lmang qiz boladan,
Dili nozik bo`lar, hatto, gulloladan.
O`zi shunday arazchiroq bo`lib qolar,
Sovchi kelib tursa tillo ostonadan.

O`zi shunday arazchiroq bo`lib qolar-ey,
Sovchi kelib tursa tillo ostonadan.

Gulloladan, Durdonadan, Shahzodayu Shahnozadan,
Arazlasa xafa bo`lmang qiz boladan.
Gulloladan, Durdonadan, Shahzodayu Shahnozadan,
Arazlasa xafa bo`lmang qiz boladan.

Quyoshdan ham erta turib tonglarida,
Mehr bilan gul uzadi bog`larida.
Sho`xligiyu erkaligi qilib xumor-ey,
Ketgisi yo`q, kechib yoshlik chog`laridan.

Sho`xligiyu erkaligi qilib xumor-ey,
Ketgisi yo`q, kechib yoshlik chog`laridan.

Gulloladan, Durdonadan, Shahzodayu Shahnozadan,
Arazlasa xafa bo`lmang qiz boladan.
Gulloladan, Durdonadan, Shahzodayu Shahnozadan,
Arazlasa xafa bo`lmang qiz boladan.

Sirin aytib sho`x yangaga,
Kelin bo`lsin go`shangaga, (x2)
Shunday kunlar nasib qilsin
Har bandaga. (x2)

Gulloladan, Durdonadan, Shahzodayu Shahnozadan,
Arazlasa xafa bo`lmang qiz boladan.
Gulloladan, Durdonadan, Shahzodayu Shahnozadan,
Arazlasa xafa bo`lmang qiz boladan.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]