Iroda Dilroz - Yangi yil qo`shiq matni

Mana yana keldi yangi yil,
Ulkan orzularga to’la yangi yil,
Shodlik ulashar har on
Barchamizga yangi yil. (x2)

Yangi yil quvonch ila
Baxt olib kelsin sen-u menga, jonim.
Dillarimiz mehrga burkanib,
Sevgi olib kelsin barchamizga.

Ko’ngillar yayrasin birga,
Dil izhorlarin kuylasin birga.
Har yon sochilsin shirin so’zlarimiz,
Yulduzlar ichra parvoz qilaylik birga.

Bugun bayram, bugun afsonaviy kun,
Qalbimdagi orzularim sen uchun.
Yuragimni asrab-avaylab,
Sovg’a qilmoqchiman, jonim, senga ataylab.

Mana yana keldi yangi yil,
Ulkan orzularga to’la yangi yil,
Shodlik ulashar har on
Barchamizga yangi yil.

(Yangi yilingiz bilan)

Ko’ngillar yayrasin birga,
Dil izhorlarin kuylasin birga.
Har yon sochilsin shirin so’zlarimiz,
Yulduzlar ichra parvoz qilaylik birga.

Bugun bayram, bugun afsonaviy kun,
Qalbimdagi orzularim sen uchun.
Ha-a, qalbimdagi orzularim faqat sen uchun.

Mana yana keldi yangi yil,
Ulkan orzularga to’la yangi yil,
Shodlik ulashar har on
Barchamizga yangi yil. (x2)

Betakror, betakror onlar
Ko’p bo’lsin hayotimizda.
Qadrdonlar, mehr-oqibat
Tark etmasin hech birimizni.
Do’stlar…

(Mana yana keldi yangi yil,
Ulkan orzularga to’la yangi yil,
Shodlik ulashar har on
Barchamizga…)
Barchamizga yangi yil.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]