Jahongir - Mustaqil Vatan qo`shiq matni
Bu kunlarni ko`rmoq uchun
Necha inson jon bergan,
Bir ushoqqa yetmoq uchun
Erta-kecha don tergan.
Farovon hayotni tilab,
Qo`l ochamiz duoga.
Bugun o`sha orzular
Aylangandir ro`yobga.
Tinchlikning qadriga yetolmaganlar,
Dunyoning holiga nazar solsinlar.
Yuksalishdan tinmas ravnaqimizdan
Ne buyuk yurtlar ham o`rnak olsinlar.
Tomirimda iymon ila oqqan qonim,
Zamin uzra qadrdonim, jonu jahonim,
O`zbekistonim.
Mustaqil Vatan, mustaqil Vatan,
Rohatbaxsh chaman, osuda o`lkam.
Mustaqil Vatan, mustaqil Vatan,
Rohatbaxsh chaman, osuda o`lkam.
Mustaqil Vatan!
Sof niyat – qalbi oqlikdan paxtakorlarga,
Barakalik, saxiyliklar, bug`doylar ungan.
Yaratganning amri ila baxt qushi qo`ngan,
To`rt faslli Bog`i Eram, jannatmakonim,
O`zbekistonim.
Mustaqil Vatan, mustaqil Vatan,
Rohatbaxsh chaman, osuda o`lkam.
Mustaqil Vatan, mustaqil Vatan,
Rohatbaxsh chaman, osuda o`lkam.
Mustaqil Vatan!